«O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Zafar Abdumajidovich Azimov «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Zafar Azimov ilgari Markaziy bankning Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» o‘tgan yilning 19-noyabrida rebrending haqida e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter