O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi bahs olib boradi
Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.
Ushbu uchrashuv haqida Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev o‘z fikrini bildirdi.
— Yevro-2024 saralash sikliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida O‘zbekiston milliy jamoasini juda yaxshi raqib deb hisoblayman. O‘zbekiston sifatli o‘yinchilarga ega.
Bo‘lajak o‘yin juda qiziqarli o‘tishiga aminman, — dedi u.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Yevropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashmoqda va ular «B» liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston MTJ esa sentyabr oyida Kamerun ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Kosta-Rikaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘zaro olti marotaba to‘qnash kelgan. Shu uchrashuvlardan ikkitasida hamyurtlarimiz, bittasida qo‘shnilarimiz qo‘li baland kelgan. Yana uchta bahsda kuchlar teng kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter