O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi ikki o‘tkazish punkti yopilmoqda
15-fevral kunidan O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Diplomatik kanallar orqali Qozog‘iston Respublikasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining «Qazigurt» («S.Najimov») va «Atameken» «Sirdaryo») o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 15 fevralidan ushbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tn.gacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruksiya davrida vaqtinchalik to‘xtatiladi, deya xabar qilgan Davlat bojxona qo‘mitasi.
Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.
Fuqarolar ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kunu-tun bo‘lgan «G‘ishtko‘prik» va «Yallama» hamda ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan «Malik» va «Oq oltin» o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter