Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «pandemiyaga nisbatan yaxshi bardosh bergani» aytildi

O‘zbekiston «pandemiyaga nisbatan yaxshi bardosh bergani» aytildi

2021 yil oxirida Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 7 foizga yetishini kutmoqda. Shu bilan birga, agar koronavirus pandemiyasi pasayishni boshlasa, kelgusi yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etadi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, respublika «pandemiyaga nisbatan yaxshi bardosh berdi». Hukumatning qat’iy harakatlari tufayli iqtisodiy faollik 2020 yilning ikkinchi yarmida tiklana boshladi va 2021 yilda davom etdi.

Jamg‘arma ekspertlarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan holda, hukumat oqilona makroiqtisodiy siyosatni davom ettirish va tarkibiy islohotlarni olg‘a siljitishga qat’iy sodiqdir. Bu kelgusi yillarda kuchli va barqaror o‘sishni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va qashshoqlikni qisqartirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring