O‘zbekiston mudofaa qo‘shinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)

Bugun, 19-mart kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini 2018—2021-yillarda harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yangi harbiy texnikalar qo‘shinlarga foydalanish uchun yo‘l oldi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Jami ikki yuzga yaqin harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari keyingi foydalanish uchun tantanali ravishda qo‘shinlarga topshirildi. Ular orasida yuk, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, harbiy xizmatchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan harbiy transport texnikalari mavjud.

Ushbu ixtisoslashgan harbiy transport texnikalarning aksar qismi Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan maxsus O‘zbekistonda yig‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter