Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi bor Xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi bor Xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiy ta’lim sohasidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari ilk bor kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan edi, mazkur bosqich g‘oliblari esa harbiy bilim yurtlari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi bosqichda ishtirok etgandi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadaning ikkala bosqichida ham g‘olib chiqqanlar uchinchi – final bosqichiga yo‘l oldi.

2017 yilda bellashuvlarda Rossiya mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari, ilmiy rotalar, harbiy ta’lim markazlari va harbiy kafedralar, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlarning harbiy bilim yurtlaridan jami 44 jamoa tarkibida 176 nafar kursant ishtirok etgan edi. O‘tgan yili Xalqaro olimpiadada kuzatuvchi sifatida qatnashgan O‘zbekiston vakillari joriy yilda uning to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini 26 nafar kursant himoya qilmoqda.

O‘zbekistonlik kursantlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etmoqda:

– Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari chet tili bo‘yicha – 26-30-mart kunlari Harbiy-sport litseyida (Yerevan shahri, Armaniston);

– Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari matematika bo‘yicha – 2-6-aprel kunlari Radioelektronika va aloqa harbiy-muhandislik institutida (Olmaota shahri, Qozog‘iston);

– Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti kursantlari informatika bo‘yicha – 16-20-aprel kunlari Moddiy-texnika ta’minoti harbiy akademiyasida (Sankt-Peterburg shahri, Rossiya);

– Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari harbiy tarix bo‘yicha – 23-27-aprel kunlari Belorus Resublikasi Harbiy akademiyasida (Minsk shahri, Belorus);

– Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari harbiy-professional tayyorgalik bo‘yicha – 14-19-may kunlari Moskva oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida (Moskva shahri, Rossiya).
Ta’kidlash joizki, kursantlar o‘rtasida Xalqaro olimpiadani o‘tkazishdan maqsad – MDH davlatlarining armiyalari o‘rtasidagi do‘stlik va xamjihatlik munosabatlarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Oliy o‘quv yurtlari kursantlari o‘rtasidagi Xalqaro olimpiada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo-mamlakatlarning Mudofaa vazirliklari kengashining 2016-yil 30-noyabrdagi nizomiga muvofiq o‘tkazib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring