O‘zbekiston MTJ bugun Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Toshkentda JCh-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.
Muhim bahslarga tayyorgarlik doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz bugun Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00da boshlanadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
9-noyabr (shanba)
O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON
«Paxtakor» stadioni | 17:00
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter