Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy jamoasi shifokori samolyotda keksa yo‘lovchini qutqarib qoldi

O‘zbekiston milliy jamoasi shifokori samolyotda keksa yo‘lovchini qutqarib qoldi

O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidagi yig‘inni yakunlab mamlakatimizga qaytayotgandi.

Shu vaqtda samolyot uchuvchisi yo‘lovchilardan biriga tibbiy yordam zarurligini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 90 yoshli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va unga terma jamoa shifokori Alisher Oripov yordamga kelib, uning hayotni saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘in davomida ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlab Boliviya terma jamoasi mag‘lub etilgan bo‘lsa, Venesuela bilan durang qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring