Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston jahonning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri deya tan olindi

O‘zbekiston jahonning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri deya tan olindi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida Turkmanistondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

«The Law and Order Index» tadqiqotlari asosida tuzilgan mazkur reyting 100 ballik tizimda baholangan. Uning «qonun ustuvorligi va huquqiy tartib» indeksiga ko‘ra dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoridan Singapur va Turkmaniston (har biri 97 balldan) dan qayd etishdi.

Xitoy 94 ball, Islandiya va Quvayt 93 balldan olgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Shveysariya, Avstriya, Norvegiya va BAA 92 balldan olib mos o‘rinlarga joylashgan. Bu borada eng qoloq davlatlar sifatida esa Afg‘oniston 43 ball, Gabon 52 ball, Venesuela va Liberiya esa 54 balldan olishgan.

«The Law and Order Index» tadqiqotlari asosida tuzilgan «shaxsiy xavfsizlik borasida mahalliy politsiyaga qay darajada ishonish» indeksiga ko‘ra dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoridan yana Cingapur 97 foiz bilan birinchi bo‘lgan bo‘lsa, Turkmaniston 93 ball bilan ikkinchi, Norvegiya va BAA esa 92 foiz bilan uchinchi bo‘lishgan. Bu reyting aholi o‘zlari yashaydigan joyda tunda yolg‘iz yurishda qay darajda xavfsiz sezishlari borasida tuzilgan. Reytingda eng past ko‘rsatgichlarni Afg‘oniston 12, Gabon 28, Venesuela va JAR 29 foiz bilan band qilib turishibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring