O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi «kambek» ko‘rsatdi. Endi nima bo‘ladi?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Indoneziyada o‘tayotgan U-17 jahon chempionatida guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini o‘tkazdi.
Ispaniyaga qarshi kechgan bahsda hamyurtlarimiz «kambek» ko‘rsatib, nomdor raqiblari bilan 2:2 hisobidagi durangni qayd etishdi.
O‘zbekiston 2 – 2 Ispaniya
I.Onoyo 10ʼ, R.Martin 19ʼ – B.Shukrullayev 45+4ʼ, A.Saidov 54ʼ
Jami 4 ochko jamg‘argan jamoamiz «V» guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Ispanlar birinchi, Mali ikkinchi bo‘ldi.
Endi hamyurtlarimizning pley-off bosqichiga chiqish masalasi guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Katta ehtimol bilan futbolchilarimiz pley-off bosqichiga yo‘l olishadi.
Eslatib o‘tamiz, olti guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rin egalaridan tashqari, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi o‘rinni egallagan to‘rt jamoa pley-offga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter