O‘zbekiston ishtirokidagi yarim final muxlislarsiz o‘tadi — OAV
U-23 Osiyo chempionatining O‘zbekiston ishtirokidagi yarim final o‘yini muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Bu haqda «Championat.asia» o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan.
Qo‘shimchasiga moddiy jarima ham qo‘llanishi mumkin, deyiladi nashr xabarida.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim final bahsini 15-iyun kuni «Paxtakor» stadionida o‘tkazadi. 21:00da start oladigan uchrashuvda bizga J.Koreya yoki Yaponiyadan biri raqib bo‘ladi.
Avvalroq, O‘zbekiston-Iroq o‘yinidagi noxush holatlar haqida xabar berilgandi.
Jumladan, stadionga otilgan tosh va sement parchalari oqibatida fotomuxbir va operator jabrlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter