Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Ostonaga qatnovlarni oshiradi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Ostonaga qatnovlarni oshiradi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 4-martidan boshlab Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishida to‘rtinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar yakshanba kunlari «A320» samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Yakshanba: HY-721 Toshkent 18:10 - Ostona 21:10

Yakshanba: HY-722 Ostona 22:10 - Toshkent 23:10

Eslatib o‘tish kerak, hozir «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Ostonaga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring