Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston futbolida 2022 yilning eng yaxshilari aniqlandi

O‘zbekiston futbolida 2022 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Bugun O‘FA hamda O‘zPFL tashkillashtirilgan «ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022» marosimi futbolimizda yilning eng yaxshilarini aniqlab berdi.

Ushbu tadbirda yilning eng yaxshi futbolchisi, yilning eng yaxshi futzalchisi, yilning eng yaxshi murabbiyi va shunga o‘xshash boshqa nominatsiyalarda g‘oliblar e’lon qilindi.

Birodar Abduraimov – o‘zbek futboli nuroniysi sovrinini qabul qilib oldi.

Yilning eng yaxshi hakami sovrininini Vadim Agishev hamda Roziyabonu Yusupova qabul qilib oldi.

Feyr-pley sovriniga «Xorazm» futbol klubi ega chiqdi.

Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi – O‘zbekiston U19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov.

«Yosh yulduz» nominatsiyasi g‘olibi – Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi – Bahodir Ahmedov.

O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi futzalchisi – Husniddin Nishonov.

O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi – Maftuna Shoyimova.

Diyora Habibullayeva – ayollar Oliy ligasi to‘purari sovriniga ega chiqdi.

Pro ligasining eng yaxshi murabbiyi sovrini g‘olibi – Viktor Kumikov.

Pro liganing 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi – Ro‘zimboy Ahmedov.

Ketma-ket 4-yil «Paxtakor» futbolchisi Dragan Cheran Superliga to‘purari sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ro‘ziqul Berdiyev – O‘zbekiston Superligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O‘zbekiston Superligasining eng yaxshi futbolchisi – Dragan Cheran.

Islom Toshpo‘latovning goli Superligamizning 2022 yildagi eng chiroyli goli deb topildi.

O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi Mahliyo Sarikova bo‘ldi.

O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi murabbiyi – Timur Kapadze.

2022 yilning eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov!

Superliganing ramziy jamoasi:

Darvozabon: O‘tkir Yusupov «Navbahor»

Himoyachilar: Dilshod Saitov «Nasaf», Husniddin Aliqulov «Nasaf», Rustam Ashurmatov «Navbahor», Farrux Sayfiyev «Paxtakor».

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev «Olimpik», Sardor Sobirxo‘jayev «Paxtakor», Jamshid Iskanderov «Navbahor».

Hujumchilar: Xurshid G‘iyosov AGMK, Otabek Jo‘raqo‘ziyev «Olimpik», Dragan Cheran «Paxtakor».

Ramziy jamoa bosh murabbiyi - Maksim Shatskix «Paxtakor».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring