Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

So‘nggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va yer usti o‘tkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Holat bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiya agentligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi «Vnukova», «Sheremetevo», «Domodedova» ayerportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilgan.

«Moskva shahridagi  Domodedovo, Vnukova, Sheremetova aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlandi. 

Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi «Ozinki», «Mashtakovo», «Sagarchin» bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga «o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni tavsiya qilgandi.

Keyinroq minglab Tojikiston fuqarosi Vnukovo aeroportida tegishli sanitariya sharoitlarisiz qolayotgani haqida xabar berildi.

Kuni kecha Qirg‘iziston ham o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring