Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ekologiyasini asrash uchun 6 oyda qancha sarflangani ma’lum qilindi

O‘zbekiston ekologiyasini asrash uchun 6 oyda qancha sarflangani ma’lum qilindi

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini atroflicha ko‘rib chiqdi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida Davlat budjetidan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash uchun salmoqli ishlar qilingan. Xususan, 2022-yilning birinchi yarim yilligida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun davlat budjetidan jami 1 trln. 942,2 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan.

Mazkur mablag‘lari atmosfera havosi muhofazasiga, suv va yer resurslarini muhofaza qilishga, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlarga, yerlarni suv va shamol eroziyasidan saqlashga va yerlar rekultivatsiyasiga sarflangan.

Shuningdek, ko‘rib chiqilgan davrda respublika aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqava suv tizimlarini yaxshilash dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha 173 ta obyektlarga 1 trln. 131,6 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirib berilgan.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga asosan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida 4 550 ta obyektlar uchun 3 trln. so‘m, jumladan, 4 179 ta ichki yo‘llarga 2 trln. so‘m, 371 ta ichimlik suvi tarmoqlari va inshootlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 1 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra 3 557 ta obyektlarga qurilish ta’mirlash ishlarining xajmidan kelib chiqib 1 trln. 112,7 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, davlat budjeti mablag‘lari mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan har doim ham samarali va o‘z vaqtida bajarilmasligi, ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilmay qolayotgani deputatlarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, budjet intizomiga rioya qilish, Davlat budjeti mablag‘larini maqsadli sarflash ustidan nazoratni muntazam olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng  Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan hisobot ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring