O‘zbekiston bo‘ylab «KNAUF ART» festivali boshlanadi (foto)

KNAUF kompaniyasi «Qurilish sohasi xodimlari kunini» keng nishonlash an’anaga ko‘ra bayram tadbirlari O‘zbekistonning 12 shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Aholini xalq sayllari va ko‘ngilochar dastur kutmoqda.
«KNAUF ART»ning respublika miqyosidagi sayyohati 2019-yilning 5-avgustidan boshlanib, O‘zbekistonning barcha ma’muriy markazlarini qamrab oladi. Joriy yilda Qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash «KNAUF bilan quring, KNAUF bilan nishonlang!» shiori ostida o‘tadi. Bu yilgi bayram dasturi o‘tgan yilgi dasturga nisbatan kengaytirildi va to‘ldirildi. Sovrinli tanlovlar, sehrgarlar chiqishlari, havoga shar uchirish va raqslardan tashqari, maxsus barpo etilgan devrni aholi ishtirokida bo‘yash, yog‘ochoyoq animatorlar va ijodiy mahorat darslari kabi kutmoqda. Ushbu jarayon davomida har bir xohlovchi KNAUF gips maxsuloti yoki gipskartonidan buyum yasash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«KNAUF ART» festivalining tashkil etilishi – bu O‘zbekiston quruvchilariga bizning minnatdorchiligimizni izhor etish va ularning jamiyat uchun ahamiyatini yana bir bor e’tirof etishning bir yo‘lidir. Har yili KNAUF o‘quv markazlarida yangi texnologiyalar va innovatsion materiallarga qiziqish bildirayotgan yuzlab mutaxassislar o‘z malakalarini oshiradilar. Biz barchangizni «KNAUF ART» festivaliga tashrif buyurib, Qurilish sohasi xodimlari kunini biz bilan nishonlashga taklif etamiz. Hurmatli quruvchilar, KNAUF kompaniyasi kasb bayramingiz bilan tabriklaydi. Eng qiziqarli g‘oya va loyihalaringiz muvaffaqiyatli amalga oshishiga tilakdoshmiz!», — deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari bosh direktori Dmitriy Deripalko.
O‘zbekiston hududlarida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari jadvali
Shahar |
Sana |
O‘tkazish joyi |
Vaqti |
Buxoro |
05.08.2019 |
Abu Ali ibn Sino maydoni, Buxoro shahar hokimiyati oldida |
18:00-20:00 |
Farg‘ona |
05.08.2019 |
Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi bog‘ |
18:00-20:00 |
Qarshi |
06.08.2019 |
«ASL» bog‘i |
18:00-20:00 |
Andijon |
06.08.2019 |
«O‘zbegim» SMda MAKRO oldidagi maydon |
18:00-20:00 |
Navoiy |
07.08.2019 |
A. Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i |
18:00-20:00 |
Namangan |
07.08.2019 |
Bobur nomidagi bog‘ |
18:00-20:00 |
Jizzax |
08.08.2019 |
«Yoshlar markazi» bog‘i |
18:00-20:00 |
Urganch |
09.08.2019 |
A. Temur nomidagi bog‘ |
18:00-20:00 |
Samarqand |
09.08.2019 |
A. Navoiy nomidagi bog‘ning «Yoshlik» filiali |
18:00-20:00 |
Nukus |
10.08.2019 |
A. Temur nomidagi bog‘ |
18:00-20:00 |
Termiz |
10.08.2019 |
«Bolajon» bog‘i |
18:00-20:00 |
Toshkent |
11.08.2019 |
Brodvey |
17:00-23:00 |
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida»gi PF-5136-sonli Farmoniga muvofiq, avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni» deb e’lon qilindi.
2017-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonuni imzolandi.
«Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish» kasb bayramini nishonlashdir.
KNAUF kompaniyasi haqida:
KNAUF – oilaviy biznes tamoyillariga asoslangan hamda dunyo miqyosidagi faoliyatidan qat’i nazar, ushbu qadriyatlarni saqlab qola olgan xalqaro kompaniyadir. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi jahonda eng yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. 1993 yilda KNAUF kompaniyasining Rossiyada investitsiya faoliyati boshlandi, so‘ngra O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar xarid qilindi va tashkil etildi. Kompaniyaning marketing faoliyati MDHning qariyb barcha davlatlariga, Gruziya va Mo‘g‘ulistonga tarqaldi. MDH davlatlaridagi KNAUF korxonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, barcha xalqaro guruh uchun yagona bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadi va oliy sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqaradi. Sifat standartlari ham Germaniyadagi, ham MDH davlatlaridagi KNAUF korxonalari uchun yagona hisoblanadi.
O‘zbekiston, MDH davlatlari va jahondagi KNAUF guruhi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com saytlarida topishingiz mumkin.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali «KNAUF ART» festivalining axborot hamkori hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter