O‘zbekiston aholisi yil boshidan beri qanchaga oshgani aytildi

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boshidan 136,7 ming kishiga oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.
Doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 % ga teng.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘paygan.
2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter