O‘zbekiston Afg‘onistondagi portlashlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralashini bildirgan.
«Tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi. O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda afg‘on yurtida bir qator portlashlar kuzatilgan. Oqibatda bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter