Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Abu-Dabida harbiy texnika va dronlarini namoyish qildi (foto)

O‘zbekiston Abu-Dabida harbiy texnika va dronlarini namoyish qildi (foto)

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.

17–21 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu ko‘rgazmada harbiy sanoat korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston uchun ajratilgan povilonlardan «Arslon» 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan «To‘fon» o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin oldi.

Besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sun’iy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring