O‘zbekistonning uch oydagi YaIM hajmi salkam 26 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot hajmi qanchani tashkil etdi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 25 770,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davrida 22 199 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot hajmi yillar kesimida, (yanvar-mart):
2021-yil – 14 554 mln AQSh dollari;
2022-yil – 17 024,9 mln AQSh dollari;
2023-yil – 20 180,3 mln AQSh dollari;
2024-yil – 22 199 mln AQSh dollari;
2025-yil – 25 770,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter