Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etildi

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etildi

Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori (PQ-4486-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, 2020-yildan boshlab  suv yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini suv iste’molchilari tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, suv xo‘jaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlaridagi budjet mablag‘lari ulushi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Shu bilan birga:

  • suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 10 ta ilmiy va innovatsion ishlanma amaliyotga joriy etiladi;
  • suv xo‘jaligi ob’yektlarida elektr energiyasi iste’moli kamida 10 foizga qisqartiriladi;
  • 300 ta suv xo‘jaligi inshooti va gidrouzelda suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi avtomatlashtiriladi;
  • sho‘rlangan yer maydonlari ulushi 45 foizgacha kamaytiriladi.

Qarorga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi.

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qo‘llash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish holati to‘g‘risida hisobot kiritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring