Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekenergo» Qirg‘izistondan qancha miqdorda elektr energiyasi olib kelinishiga va boshqa savollarga oydinlik kiritdi

«O‘zbekenergo» Qirg‘izistondan qancha miqdorda elektr energiyasi olib kelinishiga va boshqa savollarga oydinlik kiritdi

Foto: «Sputnik»

Bugungi kunda elektr energiyasi masalasi ancha bolzarb bo‘lib qoldi. Ayniqsa, qish-qirovli kunlarda qishloq aholisi bu muammodan juda aziyat chekadi, shaharliklarga u qadar bilinavermaydi. Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar, istiqboldagi rejalar va qilinayotgan real ishlar haqidagi savollarimizga «O‘zbekenergo» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari R.Rayimov javob berdi.

— Hozirgi kunda umumiy energiya ta’minotida muqobil energiyaning ulushi qanchani tashkil etadi?

— Ayni paytda respublikamiz bo‘yicha har yili GESlar, issiqlik elektr stansiyalari hamda blokstansiyalar orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Kelgusida muqobil energiya orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

— Qishki mavsumda elektr ta’minotida uzilish bo‘lmasligi uchun Turkmaniston va Qirg‘izistondan elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, deb eshitdik. Yana qaysi davlatlar bilan shu mazmundagi shartnomalar bor? Bu shartnomalarning qiymati, yetkazib beriladigan elektr miqdori haqida ma’lumot bersangiz?

— Joriy yilning 20-dekabridan e’tiboran Qirg‘iziston Respublikasi mamlakatimizga elektr energiyasi yetkazib bera boshladi. Qirg‘iziston milliy elektr tarmoqlari tomonidan taqdim qilinayotgan ushbu resurs miqdori hozirgi vaqtda 3,7 million kVt/soatni tashkil etib, bu ko‘rsatkichni bosqichma-bosqich oshirib borish ko‘zda tutilgan.

Shu yilning 5 oktyabrida poytaxtimizda o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston — Qirg‘iziston muloqoti doirasida 2017-2018-yillarda Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnomaga muvofiq, shu yilning dekabr oyidan 2018-yilning martigacha jami 550 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz Afg‘oniston Respublikasiga elektr energiyasi eksport qilmoqda. Kelgusida ushbu davlatga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi miqdorini ko‘paytirish maqsadida Surxondaryo viloyatida 500 kilovoltli liniya qurish, shuningdek, Tojikiston va Turkmaniston energotizimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

— Boshqa davlatlarning elektr energiyasi sotib olinayotganda yo‘lda yo‘qotiladigan elektr quvvati ham hisobga olinadimi?

— Boshqa davlatlarning elektr energiyasi sotib olinayotganda yo‘lda yo‘qotiladigan elektr quvvati ham hisobga olinadi.

— Ayni paytda O‘zbekistonda yalpi energiya iste’moli qanchani tashkil etadi? Shuning qancha qismi ichki imkoniyatlardan qoplanadiyu, qanchasi chetdan sotib olinadi?

— Respublika iste’molchilarining 2017-yilda elektr energiyasi iste’moli 60,1 mlrd.kVt/soatni tashkil etdi. Joriy yilda Qirg‘iziston Respublika energotizimidan jami 1,2 mlrd. kVt/soat qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Qishloqlarda chiroq o‘chirilishi haqidagi savollarga ham mazkur kompaniya rahbariyati javob yo‘llagan. Yaqin kunlarda uni ham e’tiboringizga havola etamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring