Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-xitoy vaksinasining yana 500 ming dozasi Toshkentga keltirildi

O‘zbek-xitoy vaksinasining yana 500 ming dozasi Toshkentga keltirildi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun 3-bosqich sinovlari mamlakatimizda o‘tkazilgan, o‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi yurtimizga olib kelindi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

18-may kuni ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan 18-maygacha bo‘lgan muddatda mamlakatimizda jami 1 412 312 doza vaksinadan foydalanildi.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring