Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futboliga ham VAR tizimi kirib kelishi mumkin

O‘zbek futboliga ham VAR tizimi kirib kelishi mumkin

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida «Hawk-Eye Innovations Ltd» kompaniyasi Osiyo mintaqasi bo‘limining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zbek futboliga VAR tizimini olib kirish bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada bizga yordam beradigan sizdek mutaxassisni ko‘rib turganimizdan xursandmiz», — dedi Umid Ahmadjonov. 

O‘z navbatida Ben Krossing kompaniya ko‘plab mamlakatlarda ish olib borishini, yangi hamkorlikdan faqat va faqat xursand bo‘lishini ta’kidladi. 

«VAR tizimini o‘rnatish uchun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelishuv shartlariga bog‘liq. Masalan, buning uchun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz bu siz uchun arzonroq tushadi. Agar besh yillik kelishuv amalga oshirilsa, yanada yaxshiroq sharoitlar yaratiladi. Jo‘nab ketish oldidan yurtingizdagi stadionlardan birini ko‘zdan kechiraman», — degan xorijlik mutaxassis.

Tomonlar uchrashuv davomida shuningdek, VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni ham muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni O‘zbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring