O‘zbek diplomatlari 3 oygacha BAAda vizasiz yurishi mumkin bo‘ldi
Bugun, 23-avgust kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risida hamkorlik haqidagi bayonnoma kuchga kirgan.
Ushbu hujjat 2019-yil 25-mart kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Prezidentining BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
Hujjat O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘lgan diplomatik pasport egalariga 90 kungacha viza rasmiylashtirmasdan ikkinchi davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali o‘tish va bo‘lish huquqini beradi.
BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollashayotganini inobatga olgan holda, bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining o‘zaro tashriflari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal etishga ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter