Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek adabiyotidagi ilk «qo‘shsatr» muallifiga yangi guvohnoma berildi

O‘zbek adabiyotidagi ilk «qo‘shsatr»  muallifiga yangi guvohnoma berildi

Ilgariroq, «O‘zbekistonda yana bir yangi adabiy janr yaratildi» nomli xabar berilgandi.

Unda shoir Safar Olloyor adabiyotda yangi janr «qo‘shsatr»ga asos solgani aytilgan.

001777-raqam bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan Safar Olloyorga badiiy adabiyotda ilk «qo‘shsatr» muallifi sifatida guvohnoma berilgan.

Agar 8 ta mustaqil dostondan tarkib topgan ilk zarbuldoston poeziyada eng katta janr hisoblansa, atigi ikki satrdan iborat qo‘shsatr esa, eng kichik she’riy janr sanalishi aniq. Bundan kichigi bo‘lishi mumkin emas, chunki she’riy satrlar o‘zaro qofiyalanishi lozim sanaladi. 

Yanada quvonarlisi, mana shu xushxabardan so‘ng oradan atigi 7 oy o‘tib, Safar Olloyorga abbasbassa tarzida 10 satrda qofiyalanadigan badiiy adabiyotda eng yirik, murakkab va mukammal yangi she’riy band muallifi sifatida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan tegishli guvohnoma berildi. «Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, kuni kecha Safar Olloyorning ijodiy kashfiyoti «Safar Olloyor bandi» deb atalib, mualliflik huquqi ob’yektlarini deponentlash to‘g‘risida 002288-raqamli guvohnoma bilan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha XVI asr namoyondasi bo‘lgan atoqli shoir Edmund Spenserning ababbsbss tarzida qofiyalanadigan 9 satrli nazmiy bandi jahon she’riyatida eng yirik va murakkab band hisoblanardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring