Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonda murabbiy 7 yoshli shogirdini o‘ldirib qo‘ydi (video)

Ozarbayjonda murabbiy 7 yoshli shogirdini o‘ldirib qo‘ydi (video)

Ozarbayjonning Sumgait shahridagi sport maktabida dzyudo va sambo murabbiyi, Yevropa o‘yinlari bronza medali sovrindori Mehmon Xalilov mashg‘ulot vaqtida o‘zining 7 yoshli shogirdini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ydi.

Mehmon Xalilov bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani kameraga tushib qolgan. U bolaning sochidan tortib, oyog‘iga tepishi natijasida bolakay oyoqda tura olmay qolgan. Mana shunday vaziyatda Xalilov kichik shogirdiga xavfli zarba bergan. Buning natijasida 7 yoshli bolakayning bo‘yin umurtqasi singan.

Sumgait shahar prokuraturasining xabar berishicha, bola darhol shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar bolakayning hayotini saqlab qola olmagan.

Hozirda Mehman Xalilovga nisbatan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining «Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring