Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon ShHTdagi maqomini o‘zgartirmoqchi

Ozarbayjon ShHTdagi maqomini o‘zgartirmoqchi

Foto: Azerbaycan 24

Ozarbayjon Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)dagi o‘z maqomini muloqot bo‘yicha hamkordan kuzatuvchi davlatga o‘zgartirish uchun ariza berdi. Bu haqda Eronning ShHT kotibiyatidagi milliy koordinatori Mehrdod Kiyoiy ma’lum qildi.

«Bir nechta davlatlar, jumladan, Kambodja, Shri-Lanka, Armaniston, Bangladesh, Ozarbayjon va boshqalar a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Bu davlatlar (Bangladeshdan tashqari — tahr.) o‘z maqomini muloqot bo‘yicha hamkordan kuzatuvchiga o‘zgartirmoqchi. Biz bu masalani ko‘rib chiqishga va ariza beruvchilar va tashkilotga a’zo davlatlar bilan kelishib, qandaydir xulosaga kelishga tayyormiz», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «davlatlar avval kuzatuvchi bo‘lishlari kerak va shundan keyingina ular to‘liq ishtirokchiga aylanishi mumkin». Bangladesh muloqot bo‘yicha hamkorlar qatoriga kirmaydi, biroq kuzatuvchi maqomiga erishish yo‘lida bu bosqichni «sakrab» o‘tish ham mumkin. Buning uchun tashkilotning barcha a’zolari roziligi kerak, — ta’kidladi Kiyoiy.

ShHTga asos solish haqidagi deklaratsiya 2001-yil iyun oyida Shanxayda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan. 2017-yilda Hindiston va Pokiston, 2022-yilda Eron, 2024-yilda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Ozarbayjon tashkilotda muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring