Ozarbayjon Qorabog‘da yangi loyihalarni amalga oshiradi

Ozarbayjon Janubiy Kavkazning iqtisodiy jihatdan eng barqaror davlati hisoblanadi. Xozirda ushbu davlatda bir qator loyihalar amalga oshirilyapti. Ozarbayjon uchun Qorabog‘ urushida qozonilgan g‘alaba evaziga ko‘plab imkoniyatlar ochildi.
Davlat rahbari Ilhom Aliyev tomonidan ta’kidlanishicha, ozod etilgan hududda shu yilning o‘zidayoq 50 ming gektar yer o‘zlashtiriladi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Bu loyiha oziq-ovqat xavfsizligida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Qorabog‘da 5 ta gidroelektrostansiya qurilishi rejalashtirilgan. Naxichevan viloyati bilan bog‘lovchi Zangezur yo‘li ochilishi natijasida esa ushbu GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Turkiya va Eronga eksport qilinadi.
«Zangezur koridoridan nafaqat temir yo‘l va avtomobil yo‘li o‘tadi, balki u orqali elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati ham mavjud», — dedi Ilhom Aliyev. Prezidentning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Ozarbayjon barcha qo‘shni davlatlar bilan energetik hamkorlikka ega.
Ozarbayjon ko‘plab yer osti boyliklariga ega va so‘nggi yillarda bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirdi. Ushbu davlat Yevropaning energetik xavfsizligida muhim ahamiyat kasb etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter