Ozarbayjon O‘zbekiston bilan hamkorlik to‘g‘risidagi to‘rtta bitimni tasdiqladi
Ozarbayjon Milliy majlisi O‘zbekiston bilan hamkorlik to‘g‘risidagi to‘rtta bitimni tasdiqladi, deb xabar berdi Day.az.
Milliy majlisning bugun, 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan kuzgi sessiyaning birinchi yalpi majlisida ikki mamlakat o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi, harbiy-texnik, xalqaro avtomobil yo‘llari, sanoat mulkini muhofaza qilish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha qonun hujjatlari muhokama qilingan.
Muhokamalardan so‘ng hujjatlar ovozga qo‘yilib, qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter