«Oyog‘i yerdan uzilgan so‘kong‘ich GAI xodimi» javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda oyog‘i yerdan uzilgan so‘kong‘ich GAI xodimi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB mas’ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida ma’lumot berilgan edi.
Xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1- dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda Ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Sh.Beknazarovga «Hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter