Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oy sog‘liqqa zararli(mi)?

Oy sog‘liqqa zararli(mi)?

Foto:«Pixabay»

AQShlik olimlar Oy changidan nafas olgan astronavtlar bronxial astma va boshqa kasalliklarga giriftor bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Nyu-York shahridagi «State Brook» universiteti olimlari ham Oy sathidagi zarralar astronavtlar sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkinligini bayon qilishdi. Oyga qadam qo‘ygan kishining o‘pka hujayralarining 90 foizi hamda sichqonlarning neyronlari nobud bo‘lgani aniqlandi.

Tadqiqotda ishtirok etgan genetik olim Reychel Kaston Oy va boshqa sayyoralarda uzoq vaqt tadqiqot olib borish sog‘liq uchun jiddiy zarar ekanini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring