Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan foydali meva

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan foydali meva

Diyetolog Svetlana Fus anjirning foydali xususiyatlari bo‘yicha so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, meva vitaminlarga boy, shuningdek, oshqozon-ichak yo‘llariga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Shifokor anjirni organizm uchun foydali ovqat deb atadi, chunki u kletchatkaga boy. Aynan u ovqat hazm qilish tizimini normallashtiradi, shuningdek, ichaklarda yashovchi bakteriyalar uchun prebiotik — oziq-ovqat sifatida xizmat qiladi. Shifokor ich qotishida ovqat hazm qilishni tiklash uchun anjir iste’mol qilishni maslahat berdi.

«Agar sizda ich qotishi yuzaga kelsa anjir iste’mol qiling. Ammo uning ortiqcha miqdori diareya va meteorizmni keltirib chiqarishi mumkin», — deya ogohlantirdi diyetolog.

Avvalroq qishki mavsumda iste’mol uchun foydali bo‘lgan vitaminlar haqida ma’lumot berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring