Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili Rossiya hududiga qariyb 8 ming nafar «talaba» kirib kelgan

O‘tgan yili Rossiya hududiga qariyb 8 ming nafar «talaba» kirib kelgan

Rossiyaning FSB Chegara xizmati joriy yilning birinchi choragida KXDR fuqarolarining mamlakatga oqimi to‘xtagani aks etgan statistikani taqdim qildi.

Ayni statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Shimoliy Koreya fuqarolari «o‘qish» bahonasida Rossiya chegarasini 7887 marta kesib o‘tgan.

Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2019-yildan buyon rekord o‘rnatdi. 2024-yilda shimoliy koreyaliklarning Rossiyaga tashrifi maqsadlaridan – ikkinchi eng ommabopi «ish safarlari» bo‘lib, bu 3098 nafarni tashkil qiladi. Pandemiyadan oldingi 2019-yilda biznes tashriflari ikki baravar ko‘p bo‘lgan (6 339).

2024-yilning uchinchi choragida mamlakatga kirgan shimoliy koreyalik «talabalar»ning rekord soni, eng qizig‘i, Rossiya Ta’lim vazirligining bunday keng ko‘lamli almashinuv dasturlari haqidagi hisobot bermagani yetmaganidek, mamlakatdagi universitetlarda chet elliklar uchun belgilangan kvotalar sonini ham o‘zgartirmagan.

FSB ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya talabalarining Rossiyaga oqimi 2025 yilning birinchi choragida to‘xtab qoldi: bu vaqt ichida mamlakatga atigi 300 ga yaqin odam kirgan va faqat uchtasi o‘z safari maqsadi sifatida o‘qishni ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilning kuzidan boshlab Rossiya Ukraina bilan urushda, aniqrog‘i, Kursk viloyatidagi janglarda qatnashish uchun Shimoliy Koreyadan jangchilarni yollagani ma’lum bo‘lgan edi. Ayrim chet el razvedkasi ma’lumotlarida esa janglarda 600 nafar KXDR harbiylari halok bo‘lgani va 2700 kishi yaralangani aytiladi. Rossiya hududidagi KXDR qo‘shinlarining umumiy kontingenti 12 ming jangchiga baholangan.

Garchi ushbu ma’lumotlar rasmiy doiralarda tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik, Kurskdagi janglar Rossiya foydasiga og‘a boshlaganidan so‘ng ochiqlandi. Hatto, RF prezidenti Putin chiqish qilib Kurskni ozod qilishda qo‘shgan hissasi uchun KXDR harbiylariga minnatdorlik ham bildirdi. O‘z navbatida, Kim Chen In Rossiya tomonida turib Ukrainaga qarshi kurashgan harbiylarini taqdirladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring