Otasining janozasidan qaytayotgan erkak toshbo‘ronga uchradi
Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda G‘ozg‘on shahrida otasining dafn marosimidan uyiga qaytayotgan erkak toshbo‘ronga uchragani aytilgan videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 16 iyun kuni soat 08:00 larda G‘ozg‘on shahrida yashovchi O.Z. ismli erkak otasining dafn marosimidan uyiga qaytayotgan vaqtida ko‘chada R.O. ismli ayol bilan avvaldan bo‘lgan kelishmovchiligi sabab og‘zaki o‘zaro tortishib qolgan.
Shundan so‘ng R.O.ushbu holatni turmush o‘rtog‘i S.I.ga aytib bergan. S.I. esa o‘z navbatida M.Yo va H.R. bilan birga holatga oydinlik kiritish maqsadida O.Z. bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Ammo O.Z. uyiga kirib, qarindoshlari bilan qaytib ko‘chaga chiqqan va S.I., M.Yo. hamda H.R. bilan janjallashib, bir-birlariga tosh otishib ketgan.
Oqibatda O.Z. va M.Yo. tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Mazkur holat G‘ozg‘on shahar IIB navbatchilik qismida qayd qilinib, fuqarolar O.Z., S.I., M.Yo. va H.R.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter