Chegara posti inspektori o‘z otasining yerini sotib yuborayotganda qo‘lga olindi
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani «Qumqishloq» mahallasida yashovchi, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Gulbahor» chegara postida inspektor bo‘lib ishlayotgan Q.R.ni noqonuniy ravishda yer sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga oldi.
U o‘z otasi M.S. nomiga rasmiylashtirilgan Jarqo‘rg‘on tumani «Qorayontoq» mahallasi hududidagi yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan tekindan o‘zganing ancha miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lish maqsadida sotmoqchi bo‘lgan.
Q.R. tadbirga jalb qilingan «Sodiq» ismli shaxsdan yer uchun 32 million 550 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan fuqaro Q.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter