Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov: «Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur»

Alisher Qodirov: «Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur»

ru.freepik.com

15 iyun Xalqaro otalar kuni. Garchi oradan 3 kun o‘tgan bo‘lsada, ammo dolzarbligini yo‘qotmaydigan mavzu. Xo‘sh, bu kun bizda qanday nishonlanadi? Hech qanday. Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlar otalarini qutlaganini, otalar bilan faxrlanishini, rahmatli, o‘tgan otalarini eslaganlarini hisobga olmaganda. Bu yil ham har yilgiday otalar kuni shunday nishonlandi hisob. Biror nashrda bu haqda xabar ham berilmadi. Aslida otalar mavzusi bugungi kunda har qachongidan dolzarblashmoqda. Har holda Alisher Qodirov Telegraph kanalida bu haqda haqli savolni ko‘targan.
«Otalar tog‘ bo‘lardi. Bugun zo‘ravon, nomussiz, alimentdan qochib yuradigan, xotinboz va hokazo…
Nafaqat oilada, butun jamiyatda erkakni, ya’ni amaldagi yoki bo‘lajak otalar ohorini to‘kib, nomini oyoqosti qilib yubormayapmizmi? Buning oqibati nima bo‘ladi?
Bog‘cha va maktabni erkak tarbiyachi va o‘qituvchilar tashlab ketganiga ancha bo‘ldi. So‘nggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib chiqarilayotgandek…
Millat taqdiri quriladigan bu maskanlar rad etilayotgan otalikning achchiq mevalari – asabiy ayollarning e’tirozlari bilan bo‘g‘ilmayaptimi? Nega onalar, tarbiyachi va o‘qituvchi ayollar bu qadar asabiy?
Turli millatlarda qadriyatlar turlicha bo‘ladi, bizniki ham o‘zimizga xos. Ming yillar shakllangan qadriyatlarimizda erkak va ayol munosabatlaridagi muvozanatni ayol farovonligining asosiy dushmani deb ko‘rsatayotganlar, allaqachon oila va otalikni yanchib tashlab bo‘lgan madaniyatlar targ‘ibotchilariga tashlab qo‘ymayapmizmi?
Ahmoq hamma millatda topiladi, ikkita zo‘ravon, tarbiyasizni bosh sahnaga chiqarib, o‘zbek erkaklari hammasi zo‘ravon, ayolini xor qiladi degan qarashlarni yoshlarimizga singdirilishini oqibati nima bo‘ladi?
Bugungi oila buzilishlarining asosiy sababi yoshlar birgalikda sabr bilan o‘tishlari kerak bo‘lgan muammolar, lekin tomonlar bir-biriga ishonchini yo‘qotmoqda. Asossiz xavotir, ayblov, g‘iybat va tuhmat urchib ketishiga sabab shu emasmi?
Muvozanatli murosa, oqibati halovat va ma’rifatli farzandlar bo‘lgan milliy oila madaniyatimiz, otalarni rad etayotgan, erkak-ayol munosabatlarida inqirozga tushib qolgan madaniyatlar ta’sirida qolib ketayotgandek…
Bizning qadriyatlarimiz ayollarining qomati va hadsizligi emas, oilaparvarligi, hayo va ma’rifati bilan faxrlangan.
Ota, erkak – jamiyat sha’ni shavkatining himoyachisi! Mukarram va hikmatli onalar bu himoyachilarni tarbiyalovchilardir!
Biz saylov dasturimizda farzand ko‘rgan ayollarga tarbiya treninglarida ishtirok etish sharti bilan 3 yilgacha haq to‘lanadigan onalik ta’tili berish taklifi ustida ishlayapmiz.
Agar onalar shavkatli farzandlar uchun halovatidan kechmasa, otasini tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi.
Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur.
Oila munosabatlarimiz jiddiy tadqiq qilinishi kerak, bu milliy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan muhim xulosalarga olib keladi».
Darhaqiqat, oilada, jamiyatda otaning o‘rnini, rolini ko‘rsatadigan loyihalar, ko‘rsatuvlar, filmlar, motivatsiya beradigan suhbatlar juda muhim...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring