Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi! Svetlana Radzivil rekord o‘rnatdi!
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida bugun, yengil atletikachilarimiz ham o‘ziga xos natija ko‘rsatishdi.
Balandlikka sakrash bahslarida o‘zbek sportchilari oltin va kumush medal sohibi bo‘lishdi. Svetlana Radzivil 1,96 metr natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga ega chiqdi. Nadiya Dusanova esa 1,94 metr balandlikni zabt etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston 12 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza medali bilan umumiy reytingda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter