Osiyo o‘yinlari. Kunni kumush medal bilan boshladik!
Indoneziyaning Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida akademik eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarda bugun, 24-avgust kuni navbatdagi medal qo‘lga kiritildi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medalni 8 kishilik bahslarda marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan sportchilar jamoasi — Alisher Yarov, Dostonjon Baxriyev, Islam Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, Shohjahon Najmiyev, Otamurod Raximov, Shehroz Xakimov, Zafar Usmonov, Anatoliy Krasnov olib keldi.
Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi jami medallar soni 20taga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter