Osiyo chempionati oldidan Eldor Shomurodov jarohat oldi
«Kalyari» tarkibida mashg‘ulot chog‘ida Eldor Shomurodov oyog‘i barmog‘ini sindirib oldi.
Mutaxassislarga ko‘ra, Eldor Shomurodov kamida bir oyga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Tiklanish jarayoni bundan ko‘proq vaqt olishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Shomurodovning ushbu jarohati O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Jamoa sardori 13 yanvarda start oladigan Qatardagi Osiyo chempionatida terma jamoamizga yordam bera olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston V guruhida 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi maydonga tushsa, 18 yanvarda Hindiston, 23 yanvarda esa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter