Orol fojiasiga bag‘ishlab xayriya marafonlari tashkil etiladi
Bugun AOKAda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhamedov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda mavzu yuzasidan ma’lumot berildi:
2021-yil 20-noyabrda «Paxtakor» stadionida «Save Aral» loyihasining yakuniy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. «Save Aral» poygalarini o‘tkazishdan maqsad — jamoatchilik e’tiborini, Orol dengizining qurish oqibatlarini yumshatishga hamda Orol bo‘yi mintaqasini qayta tiklash bo‘yicha harakatlarni birlashtirishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilishdan iborat.
Tadbirlar dasturi:
16:00 — Ekiden, korporativ jamoalar orasida sport estafetasi;
18:00 — «Save Aral-2021» Xalqaro xayriya poygasining yakuniy bosqichi.
Ekiden — Yaponiyada o‘tkaziladigan mashhur jamoaviy o‘yin-estafeta bo‘lib, bugungi kunda u butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, O‘zbekistonda ham mashhurlik qozonmoqda. Tadbirda ishtirok etadigan jamoalarning kutilgan soni — 50, har jamoada 6 ta ishtirokchidan, har bosqich 1,5 km, ekidenning umumiy davomiyligi — 9 km. Ekidenda ishtirok etish uchun jamoani shakllantirish va forma hamda ishtirokchining individual raqamiga ega bo‘lish uchun 18-19-noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tish zarur. Start oldi tadbirlarning boshlanishi 15:00 da.
«Save Aral» — 3 km masofaga o‘tkaziladigan ommaviy poyga. Ishtirokchilar uchun yoshi va jinsi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. «Save Aral-2021» poygasida yakka tartibda ishtirok etish uchun, tadbir o‘tkaziladigan kuni – 20-noyabrda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Sport tadbirlarining ishtirokchilari uchun sport kiyim-boshi taqdim etiladi (futbolka, kepka, yelka orti sumkasi).
G‘oliblar uchun bir qator qimmatli sovg‘alar va mukofotlar ajratiladi.
Batafsil ma’lumot: https://uzathletics.uz/news.
Tashkilotchilar: Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimiyatining ko‘magida.
Tadbirda ishtirok etish uchun istak bildirgan barcha taklif etiladi – sportchilar va tibbiy qarshi ko‘rsatmalari mavjud bo‘lmagan yugurish havaskorlari. Jamoaviy poygalar uchun — O‘zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining vakillari.
Manzil: I.Karimov ko‘chasi, 98a, Yengil atletika federatsiyasi.
Ma’lumotlar uchun telefon: +998977201399
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter