Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi: «Tryudo orqadan pichoq urdi»

Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi: «Tryudo orqadan pichoq urdi»

Foto: «RIA Novosti»

Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQShga orqadan pichoq urganini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«U haqiqatan bizga orqadan pichoq urdi. U «G7» (katta yettilik) sammiti rahbarlariga juda yomon xizmat ko‘rsatdi», — deya Larri Kudlou «CNN» telekanaliga intervyu bergan.

Kudlouning ta’kidlashicha, Kanadada katta boj bor, ularda muayyan sut va boshqa mahsulotalrga 290-295 foiz tarif belgilangan.

Shuningdek, Kanada bosh vaziri AQSh rahbariga qo‘pol muomalada bo‘lgan.

«Tryudo xato qildi, u xatosini to‘g‘rilashi kerak. U Tramp bilan Kim uchrashuvi ko‘ngildagidek o‘tishini tilashi kerak», — degan Kudlou. 

Larri Kudlouning so‘zlariga ko‘ra Kanada bosh vaziri ramkadan chiqib ketgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadada o‘tkazilgan «G7» sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorga imzo chekmasligini ma’lum qilgan edi. Buni Tramp o‘zining «Twitter»dagi shaxsiy sahifasi orqali ma’lum qilgan, bunga sabab sifatida Kanada AQShning import bojlariga qo‘ygan talablariga qarshi chiqqanini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring