Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Opera» o‘zining VPN servisini aprel oxiriga qadar yopadi

«Opera» o‘zining VPN servisini aprel oxiriga qadar yopadi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Operavpn.com» saytida mazkur servisning 30-aprel kuni yopilishi haqida e’lon paydo bo‘ldi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Ammo hozircha kompaniya vakillari servis faoliyatining to‘xtatilishi sabablarini ma’lum qilmadi.

«Opera VPN» — VPN uchun bepul serverli dastur bo‘lib, ba’zi mamlakatlarda servislarning mintaqaviy cheklanishiga va saytlarning bloklanishini chetlab o‘tish imkonini taqdim etardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, servis o‘z xarajatlarini qoplash imkonini bermagani uchun yopilayotgan bo‘lishi mumkin: dasturda reklama aks etardi, shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarning qurilmalar bilan qanday ishlashi haqidagi anonim ma’lumotlarni sotardi. Ammo bu yetarli bo‘lmagan ko‘rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring