OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistondagi xususiy bog‘chalarni rivojlantirmoqchi
OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistondagi xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 million dollar ajratadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Mazkur uchrashuvda esa O‘zbekistonda «Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida 20 million AQSh dollari miqdoridagi bitim imzolandi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»da belgilangan maqsadlarga erishish borasidagi sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘ldi. Loyiha xususiy sektorga maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Loyiha bir qator yangi maktabgacha ta’lim muassasalar qurish va modernizatsiya qilish, shu bilan birga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun o‘rinlar sonini oshirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter