OPEC neft qazishni kamaytirib, talabni oshiradi
Neft qazib oluvchi davlatlar tashkiloti — OPEC shu yilning yanvaridan neft qazib olishni sutkasiga 49 ming barrelga qisqartirib jami 28,88 mln barrelga tushirdi. Bu haqda tashkilotning oylik hisobotida ma’lum qilindi.
OPEC mamlakatlarida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismi joylashgan.
OPEC+ alyansi (Rossiya, Qozog‘iston) neft qazishni 37 ming barrelgacha qisqartirib jami 24,49 million barrelga tushirdi.
Eng ko‘p qisqartirish Saudiya Arabistonida — sutkasiga 156 ming barrelgacha. Yanvar yakuni bo‘yicha saudiyaliklar Xitoyga neft eksport qilishda yetakchilikni qo‘lga olishdi. Rossiya — ikkinchi o‘rinda.
OPEC a’zosi bo‘lmagan mamlakatlar 2023 yilda neft qazishni 110 ming barrelgacha qisqartirib sutkasiga 67,01 million barrel qazib olishni rejalashtirishgan. OPEC ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda Rossiya neft qazib olishni kamaytirib (900 ming barrel), sutkasiga 10,13 mln barrel, AQSh esa oshirib (1,1 mln barrel), sutkasiga 20,14 mln barrel qazib olishni rejalashtirgan.
2023-yilda jahonda neftga bo‘lgan talab oshib (250 ming barrel), sutkasiga 29,42 mln barrelga yetadi, deyiladi OPEC prognozida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter