SSV: Ona suti chaqaloqni saratondan himoya qiladi
Bola sog‘lom o‘sishiga ko‘p omillar ta’sir qiladi.Buning birinchi sharti esa ilk davrdanoq uni to‘g‘ri ovqatlanishidir. Go‘daklarni oziqlantirish usullaridan eng yaxshisi va xavfsizi esa – bu shubhasiz, ko‘krak suti hisoblanadi.
Ona suti chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa, u dastlabki olti oyda bola organizmini barcha kerakli ozuqa moddalari bilan to‘liq ta’minlab beradi. Har bir onaning suti aynan o‘z farzandining ehtiyojlariga mos keladi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalardan tarkib topadi,deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
– Bolani ko‘krak bilan emizish ona sog‘lig‘i uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinadi, ko‘krak bezi, hatto bachadonbo‘yi saratoni kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytirishi ilmiy jihatdan to‘la asoslangan, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligibosh neonatologi,tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova. – Qolaversa, ko‘krak bilan muntazam emizish ona va bola o‘rtasida kuchli mehrli aloqani o‘rnatib, ham bola, ham onaning ruhiy-emotsional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va go‘dakka himoyalanganlik, xotirjamlik bag‘ishlab, miriqib uxlashini ta’minlaydi. Ushbu jihatlar e’tiborga olinib, butun dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirish doimiy targ‘ib qilib kelinadi. Bu borada JSST tomonidan tegishli tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, undan tibbiyot tizimida samarali foydalanilayapti.
Aytish kerakki, chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish xalqimizning qadimiy va ezgu qadriyatidir. Mamlakatimizdagi birlamchi tibbiyot muassasalaridan tortib,tug‘ruq majmualarigacha bo‘lgan bo‘g‘inda ona va bolaga ixtisoslashgan tibbiy yordamni uzluksiz tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham hozirda tug‘ruq majmualarida bola tug‘ilgan zahotiyoq onaga berilib, ko‘krak suti bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bolani ko‘krak bilan emizish 2 yoshgacha va undan ko‘proq vaqt davomida tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter