Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n sakkizga to‘lganlarga 789 ming so‘mdan berilishi bo‘yicha xabar tarqaldi

O‘n sakkizga to‘lganlarga 789 ming so‘mdan berilishi bo‘yicha xabar tarqaldi

Foto: Xabar.uz

Telegram guruhlarida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi» nomi ostida ochilgan soxta akkaunt nomidan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroga 789 000 so‘mdan bir martalik to‘lov to‘lanishi aytilgan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Eslatib joiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Avvalroq, O‘zbekistonda yosh bolali oilalarga pul berilishi bo‘yicha feyk xabar tarqatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring