O‘n besh ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti ochiladi
Xabaringiz bor, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrif buyurib, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etdi.
Unda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif va rejalar bayon qilindi.
Xususan, davlat rahbari mas’ullarga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter