Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OMODA – kelajak avtomobili. O‘zbekistonga yangi brend kirib kelmoqda

OMODA – kelajak avtomobili. O‘zbekistonga yangi brend kirib kelmoqda

O‘zbekistonda yangi OMODA va JAECOO avtomobillarining global debyuti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu zamonaviy avtomobillar taqdimoti dastlab Shanxay avtosalonida bo‘lib o‘tgan edi.

O‘tgan hafta Tashkent City’da OMODA brendining onlayn taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yetakchi nashrlar va ekspertlar ishtirokida futuristik tezkor krossover OMODA C5 avtomobili taqdim etildi. Ushbu brend zamonaviy dizayn va innovatsiyalari bilan O‘zbekiston bozoriga faol kirishi kutilmoqda.

OMODA – zamonaviy dizayn, innovatsion texnologiyalar va eng muhimi, yangi yechimlarga e’tibor qaratadi. Doimiy o‘zgarib turadigan avtomobil dunyosida kelajak talablariga muvofiq barqarorlik va innovatsiyalarga asosan ish yuritadi.

OMODA 5 bir qator afzalliklarga ega – u turli toifadagi avtomobillarga tegishli xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan – keng , shinam salon, yangi texnologiyalar, ishonchli, xavfsiz tizim va muntazam qulaylik unda jamlangan. Ikkita 10,25 dyuymli ekran, «HMI 4.0» va haydovchilarga yordam beruvchi ilg‘or tizim bilan jihozlangan OMODA 5 yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashga va’da beradi.

Ma’lumki, zamonaviy avtomobillar ovozli boshqaruv opsiyasi bilan jihozlangan. OMODA’ning yana bir afzalligi shundaki, unda avtomobillarni ovozli boshqarish tizimiga o‘zbek tilini qo‘shish rejalashtirilgan. Bu o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga o‘z avtomobillarini ona tilida boshqarish imkonini beradi, natijada texnologiyalardan foydalanish ancha soddalashtiriladi va sayohat paytidagi qulaylik oshiriladi. OMODA yuqori sifat va hamyonbop narx tufayli yoshlar orasida mashhur brendga aylanishi va keng omma e’tiborini jalb qilishi kutilmoqda.

OMODA avtomobili yangi cho‘qqilarga intiladigan va doimo harakatda bo‘lgan «progressiv foydalanuvchilar» uchun mo‘ljallangan. OMODA 5 sifat va unumdorlik jihatidan Hyundai va Kia kabi mashhur brendlar bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Eng muhimi – OMODA 5 avtomobili raqobatchilardan ancha past narxda sotilishi kutilmoqda.

O‘tgan yil davomida Xitoyning ko‘plab yangi avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘zbek bozoriga kirishdi. Yangi OMODA va JAECOO brendlari esa o‘ziga xos yondashuv va yangi avlod ehtiyojlarini qondirishga intilish bilan ushbu poyganing jiddiy ishtirokchilari hisoblanadi.

Telegramda bizning safimizga qo‘shiling va barcha so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Telegram:https://t.me/uzomoda
Instagram: @omoda_uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring