Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Nyu-York Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi bugun, 12-sentyabr kuni savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangiladi va bir troya unsiyasi uchun 2,57 ming dollardan oshdi.
Toshkent vaqti bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra, birjadagi oltin fyucherslari narxi 2576,90 dollarga yetdi.
Dekabr fyuchers narxining maksimal o‘sishi 31,20 dollarni (yoki 1,29%) tashkil etdi.
Oltinning birja narxi oxirgi marta 20-avgust kuni o‘z rekordini yangilagan bo‘lib, unsiya uchun 2563,9 dollarga (+0,89%) ko‘tarilgan edi. 2024 yil boshidan beri oltinning almashuv qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Bloomberg qimmatbaho metallar narxining oshishini AQSh Federal zaxirasi stavkasini pasaytirishi va inflyasiyaning o‘sishi bilan bog‘laydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter